22—24-iyun kunlari Janubiy Koreyada moda sohasi bo‘yicha dunyodagi eng katta festival — Asia Model Festival bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi “Afisha.uz”.
Osiyodagi moda festivali bugungi kunda o‘z qanoti ostiga go‘zallik tanlovini (AsiaNewStarModelContest), modalar haftaligini, moda va go‘zallik industriyasidagi ko‘rgazma tanlovni, shuningdek, “Oskar” va “Gremmi”ning Osiyo variantini birlashtiradi.
23-iyun kuni modellar uchun Face of Asia tanlovining finali bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy Osiyodan 11 nafar ishtirokchi qatnashdi. Joriy yilda Face of Asia’da Osiyodagi 25 davlat, shuningdek, BAA va Avstraliya ishtirok etdi.
O‘zbekiston jamoasining vakili Shahboz Mahmudov erkak modellar orasida eng yaxshi deya topildi va Vest Mal Model mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu yigit Osiyoning yangi yuzi bo‘lib, unga New Face of Asia unvoni topshirildi.
O‘zbekistondan bo‘lgan yana bir ishtirokchi, model Anastasiya Uxova Visit Korea Year homiylar mukofotiga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston jamoasining ushbu musobaqada uchinchi bor ishtirok etishi.
Izoh (0)