29-may kuni Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida bolalar va o‘smirlarga moʻljallangan “Bolajonlar — shirintoylar” bolalar moda festivali o‘z ishini boshladi.
Festivalning dastlabki kuni — Fashion Industry show’da yetakchi mahalliy trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tikuvchilik korxonalari tayyorlagan bolalar uchun mavsumiy toʻplamlar mahoratli dizaynerlar tomonidan taqdim etildi.
Istiqlol (Namangan), Samarkand Apparel (Samarqand), Afrosiyob Jeans (Samarqand), Nil Granit (Andijon), Azalea Garment (Toshkent viloyati, Piskent) korxonalarida ishlab chiqarilgan 200 komplektdan iborat liboslar “Tantana” va Fashion Lab bolalar ijodiy studiyalarining yosh modellari, shuningdek, “Kolibri” art-byurosi va “Oltin qanot” moda maktabi tarbiyalanuvchilari tomonidan tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi.
Festivalda 450 dan ortiq libos namunalari namoyish etiladi. Kolleksiyalar tanlovi uch bosqichda o‘tkazildi. Tanlov natijalariga ko‘ra 60 dizaynerning 42 ta liboslar to‘plami saralab olindi. Dizaynerlar kollektsiyasi 2,5 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan 220 dan ortiq yosh moddellar tomonidan namoyish etiladi.
Bugun, 30-may kuni bo‘lib o‘tishi kutilayotgan #beyoung for baby defilesida dizayner yo‘nalishidagi oliygohlar talabalari, kollej o‘quvchilari, alohida faoliyat yuritayotgan dizaynerlar tomonidan yaratilgan liboslar namoyish qilinadi.
Izoh (0)