Avstriya konstitutsion sudi davlat Adolf Gitler tug‘ilgan uyni musodara qilish huquqiga ekanligi yuzasidan hukm chiqardi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Gap Yuqori Avstriya federal yeridagi Braunau-Inn shahrida joylashgan uy haqida ketmoqda — Gitler hayotining dastlabki uch yilini o‘sha yerda o‘tkazgan. Uzoq yillar davomida davlatga uyning egasi — Gerlinda Pomer uni davlatga sotishdan bosh tortib, yuridik kurash olib bordi.
Hukumat uy ijarasi uchun unga har oy 5 ming yevro to‘lab borar edi. Uy bekasi esa uyni ta’mirlash yoki sotishga ruxsat bermay kelgandi. Uydan foydalanish masalasida kelishuvga erishish borasida ko‘plab harakatlar amalga oshirilgan edi.
Sud hukmiga ko‘ra, uyning musodara etilishi bu bino neonatsistlar ziyoratgohiga aylanishining oldini olishga yordam beradi.
Rejaga muvofiq, rekonstruksiyadan so‘ng bino nogironlarga ko‘maklashuvchi xayriya tashkilotiga taqdim etiladi.
Izoh (0)