Pentagon ishlanmalarini tugatayotgan IShID terrorchi guruhiga qarshi Iroq va Suriyada kurash olib borishning yangi strategiyasi sobiq prezident Barak Obamaning shu yo‘nalishdagi rejasiga juda o‘xshash. Bu haqda The Washington Post gazetasida e’lon qilingan maqolada aytildi, deb xabar beradi “TASS”.
Nashr manbalariga ko‘ra, yangi strategiyaning asosiy mazmunini jangarilar tomonidan zabt etilgan hududlarning ozod etilishi va ularga og‘ir zarba berish tashkil etadi. AQSh qurolli kuchlari Suriyada davom etayotgan fuqarolik urushiga aralashmaydi.
AQSh mudofaa vazirligi Suriya prezidenti Bashar Asad yoki mamlakat hududida jangovar harakatlar olib borayotgan eronliklarga qarshi harakatlar olib bormaydi, deyiladi maqolada.
Aytilishicha, aynan shu masalada Pentagon Trampning Oq Uydagi yordamchilari bilan ixtilofda, negaki ular Suriyada Eron ta’sirining kuchayib borayotganidan xavotirda.
Izoh (0)