Xitoyda yo‘lovchi samolyoti parvozini kechiktirishga majbur bo‘lishdi, chunki yo‘lovchilardan biri samolyotga chiqishdan oldin mayda tangalarni baxt keltirsin degan niyat bilan turbina ichiga tashladi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Hodisa 27-iyun kuni Shanxayning “Pudun” aeroportida China Southern aviakompaniyasining Guanchjouga reysi uchib ketishidan oldin yuz berdi.
Reysdagi 150 yo‘lovchidan biri — keksa ayolni aeroport xodimlari uchish maydonidagi samolyotga nogironlar aravachasida olib kelgan. Uni trap orqali bortga chiqarishlaridan avval ayol samolyot turbinasiga tanga tashlay boshlagan. Aeroport xodimlari va boshqa yo‘lovchilarga kampir buni baxt keltirsin degan niyat bilan qilganini aytgan.
Reysni kechiktirishga majbur bo‘lishdi. Turbinadan to‘qqizta tangani chiqarib olishdi, shundan so‘ng samolyot o‘z manziliga qarab uchdi.
Izoh (0)