AQShning Arkanzas shtati rasmiylari 32 yil davomida qochqinlikda bo‘lgan mahbus qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Politsiya 60 yoshli Stiven Dishmanni Springdeyl shahridagi uyida qo‘lga oldi. U 1985-yil mayida jazo muddatini o‘tayotgan qamoqxonadan qochib ketgandi.Dishman 1984-yilda o‘g‘irlikda ayblanib, 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. Biroq oradan uch yil o‘tib, 1987-yilda qamoqdan shartli ravishda ozod etilish imkoniyatiga ega edi.
Izoh (0)