Hindistonning Jet Airways aviakompaniyasining samolyotida tug‘ilgan yo‘lovchi bir umrlik bepul parvozlar uchun sertifikatni qo‘lga kiritdi, deb yozmoqda “Kommersant”.
Nashrning yozishicha, noodatiy holatda tug‘ilib, bir umrlik bepul parvoz qilish yoki mehmonxonada turish imkoniyatini qo‘lga kiritish holatlari juda ko‘p. Bunday holatlar jurnalistlar e’tiboriga tez tushadi, kompaniya esa butun dunyo bo‘ylab bepul reklamaga ega bo‘ladi. Biroq oxir-oqibat kompaniya va’dasini bajaradimi yoki yo‘q — bu noma’lum.
Ta’kidlanishicha, bunday holatda bir umrlik bepul parvoz huquqi fuqarolik-huquqiy hujjat bilan mustahkamlab qo‘yilmasa, kompaniyaga va sudga hech qanday arz bilan murojaat qilib bo‘lmaydi. Qo‘lga kiritilgan sertifikat ham majburiyat tarzida rasmiylashtirilishi kerak.
Izoh (0)