Italiyaning Prada brendi narxi 185 dollar bo‘lgan kanselyariya qisqichini taqdim etdi. Uni ham Barneys New York do‘konidan xarid qilish mumkin, deb xabar beradi “Afisha Daily”.
Oddiyroq qisqichni ko‘ngli tusagan yoki puli kamroq bo‘lganlar uchun 150 dollardan bir juft arzonroq variant ham bor.
Do‘kondagi mahsulot tavsifiga ko‘ra, qisqichlar qog‘ozni mahkamlash uchun emas, pullarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Bitta qisqichning uzunligi 6,25 santimetrdan iborat.
Izoh (0)