AQShning Boston shahridagi Logan xalqaro aeroportida yo‘lovchilardan biri 9 kilogramm atrofida tosh bosadigan tirik dengiz qisqichbaqasini bagajga topshirdi. Bu haqda The New York Times ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Qisqichbaqa sovutilgan maxsus konteynerga solingandi. Bojxona nazorati xodimlari uni yukni rentgen skaneri bilan tekshirish chog‘ida payqadi.
Aeroport xavfsizlik xizmati vakili Maykl Makkarti jonivor bilan birga suratga tushdi va bunday katta o‘lchamdagi qisqichbaqani eslolmasligini bildirdi. Twitter’da joylashtirilgan fotoda uning uzunligi bir metrdan oshiq ekanligini ko‘rish mumkin.
Qisqichbaqani kim va qayerga olib ketayotgani ma’lum qilinmadi.
Izoh (0)