• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

    O‘zbekistonda har yili 27-iyun kuni nishonlanadigan Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan, mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev soha vakillariga tabri yo‘lladi. Tabrik matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi, uning to‘liq matni bilan quyida tanishish mumkin.

    Foto: “President.uz”

    Foto: “President.uz”
    Qadrli do‘stlar!

    Avvalo, siz, azizlarni – yurtimizdagi barcha jurnalistlar, gazeta va jurnallar, tele-radiokanallar, nashriyot va matbaa korxonalari fidoyilarini, muhtaram faxriylarni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, sizlarga o‘zimning chuqur hurmat-ehtiromim, ezgu tilaklarimni izhor etishga ruxsat bergaysiz.

    Kundalik hayotimizning ajralmas qismi bo‘lgan ommaviy axborot vositalari haqida so‘z yuritganda, biz, avvalo, doimo yangilik izlab, yangilikka intilib, hayotning qaynoq nuqtalariga kirib boradigan, xolislik va haqqoniylik, Vatan va xalq manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yadigan olijanob va mas’uliyatli kasb egalarini tasavvur qilamiz.

    Hurmatli yurtdoshlar!

    Butun mamlakatimiz qatori O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari ham mustaqillik yillarida katta rivojlanish yo‘lini bosib o‘tganini barchamiz yaxshi bilamiz va bunday yutuqlar bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

    Hozirgi kunda respublikamizda 1500 dan ziyod ommaviy axborot vositasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Birgina O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi telekanallarning bir sutka davomidagi umumiy efir vaqti 616 soatni tashkil etmoqda. Holbuki, mustaqillikdan oldin bu raqam bor-yo‘g‘i 48 soatga teng edi, xolos.

    E’tiborga molik jihati shundaki, ommaviy axborot vositalarining tarkibi ham tubdan o‘zgarib bormoqda. Buni yurtimizdagi barcha telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari ekani ham tasdiqlaydi. Yaqin kunlarda ish boshlaydigan, kechayu kunduz uzluksiz faoliyat olib boradigan “O‘zbekiston – 24” telekanali milliy axborot makonida o‘z munosib o‘rnini va o‘z tomoshabinlarini topadi, deb ishonamiz.

    Bu haqda so‘z yuritganda, eng tezkor axborot vositasi – Internet hayotimizga tobora chuqur kirib borayotganini alohida qayd etish lozim. Hozirgi vaqtda global tarmoqda Uz domenli veb-saytlar, axborot portallari soni 400 dan oshib ketgani, ularning aksariyati xorijiy tillarda faoliyat ko‘rsatayotgani, ushbu yo‘nalishda yangi ijodiy avlod — Internet jurnalistlari shakllanib borayotgani e’tiborga sazovordir.

    Albatta, bunday natijalarga erishishda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish masalasi davlatimiz va jamiyatimizning doimiy diqqat markazida bo‘lib kelayotgani hal qiluvchi rol o‘ynamoqda. Ana shunday e’tibor tufayli o‘tgan davrda jurnalistlarimiz uchun faoliyat maydonini kengaytirish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash maqsadida ko‘p ishlar qilindi. Jumladan, matbuot va ommaviy axborot vositalarini liberallashtirish va rivojlantirish, so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan, demokratik talab va standartlarga to‘la javob beradigan 10 ga yaqin qonun hujjati qabul qilinib, bu borada mustahkam huquqiy baza yaratildi.

    O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Milliy matbuot markazi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi kabi tashkilotlar muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Keyingi paytda ularning qatoriga Xalqaro press-klub ham qo‘shildi.

    Siz, azizlarga yaxshi ma’lum, bugungi kunda mamlakatimizda kitob mahsulotlarini nashr qilish va tarqatish tizimi samaradorligini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga katta ahamiyat berilmoqda. Bunday muhim vazifani amalga oshirish uchun yurtimizda 118 ta nashriyot, 1 ming 760 ta matbaa korxonasi, minglab ijodiy va texnik xodimlar faoliyat olib bormoqda. Ularning sa’y-harakatlari bilan har yili 7 tilda 60 million nusxadan ortiq kitob chop etilmoqda.

    Albatta, bu haqda ko‘p gapirish mumkin. Lekin ana shu miqdor ko‘rsatkichlarini sifat ko‘rsatkichlariga aylantirish, shu asosda ommaviy axborot vositalarining haqiqiy to‘rtinchi hokimiyat bo‘lib maydonga chiqishiga erishish, milliy media maydonimizda fikrlar va qarashlar rang-barangligini ta’minlash bugungi kunda dolzarb vazifa bo‘lib qolayotganini barchamiz yaxshi tushunamiz.

    Bu borada 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida eng muhim ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgani sizlarga yaxshi ma’lum, albatta.

    Xalq bilan muloqot, odamlarning orzu-intilishlari, dardu tashvishlari bilan yashash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotgan bugungi kunda har bir ommaviy axborot vositasi chinakam muloqot maydonchasiga, erkin fikr minbariga aylangan taqdirdagina biz o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erisha olamiz.

    Ayniqsa, hayotimizdagi mavjud muammolarni, joylarda tashkil etilgan Prezidentning Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonada aholi tomonidan ko‘tarilayotgan o‘tkir va dolzarb masalalarni, ularning sabab va omillarini ochib berish, jamiyatimizda tanqid va o‘zini o‘zi tanqid ruhini kuchaytirish, afsuski, ommaviy axborot vositalari faoliyatida hali to‘la o‘z ifodasini topgani yo‘q.

    Bugun zamon shiddat bilan o‘zgarmoqda. Hayot barchamizdan dadil harakatlarni, faol tashabbuslarni, hamma sohada haqqoniy va odil munosabatni talab etmoqda. Ko‘pni ko‘rgan, sabr-toqatli, mehnatkash va olijanob xalqimiz amalga oshirilayotgan ana shunday muhim o‘zgarishlarning natijasini kutmoqda.

    El-yurtimizning ezgu orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish, bu yo‘lda g‘ov bo‘lib turgan turli to‘siqlarni, byurokratizm, loqaydlik, ta’magirlik, korrupsiya kabi salbiy illatlarni dadillik bilan ko‘tarib chiqib, ularga qarshi murosasiz jamoatchilik fikrini shakllantirishni o‘z kasbi, o‘z hayotining ma’no-mazmuni deb biladigan jurnalistlarni men haqiqiy jurnalist deb hisoblayman.

    Albatta, barchamiz yaxshi tushunamiz, buning uchun ommaviy axborot vositalari vakillaridan nafaqat professional bilim va malaka, hayotiy tajriba, o‘z so‘zi uchun mas’uliyat hissi, ayni vaqtda yuksak grajdanlik pozitsiyasi, ma’naviy jasorat ham talab etiladi. Bunday maqsadga erishish uchun ommaviy axborot vositalariga qonunchilik nuqtai nazaridan, moddiy-texnik, o‘quv-uslubiy ta’minot nuqtai nazaridan yanada keng imkoniyatlar yaratib berishimiz kerak.

    Zamonaviy milliy jurnalistika maktabini yaratish ko‘p jihatdan, avvalo, yuksak ma’naviy-intellektual salohiyatga ega bo‘lgan, bugungi kun talablariga javob beradigan malakali kadrlarni tarbiyalash bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu muhim vazifani amalga oshirish uchun biz avvalo tegishli oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish, professor-o‘qituvchilarning saviyasi va malakasini oshirish, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, davlat tashkilotlari va fuqarolik institutlari, ekspertlar hamjamiyati, xorijiy va xalqaro ijodiy tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishimiz zarur.

    Bugun O‘zbekiston barcha sohalarda taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Oldimizda turgan, bir-biridan muhim va dolzarb vazifalarni hal etishda, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, o‘zaro hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, xalqimizning bunyodkorlik salohiyatini, uning o‘z kuchiga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini oshirish, hayotimizda qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash, davlat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, bir so‘z bilan aytganda, xalq manfaatining chinakam himoyachisi bo‘lishda ommaviy axborot vositalari bundan buyon ham faol harakat olib boradilar, deb ishonaman.

    Men siz, muhtaram matbuot ahlining hayotimizni yanada erkin, obod va farovon etish uchun doimo fidoyilik ko‘rsatib yashashingizni yaxshi bilaman va sizlarni shu yo‘lda o‘zimning eng yaqin hamkorlarim va yordamchilarim deb hisoblayman. Sizlarning mashaqqatli va mas’uliyatli mehnatingiz o‘z munosib bahosini topishi, yanada samarali bo‘lishi uchun biz davlatimiz va jamiyatimizning barcha kuch va imkoniyatlarini albatta safarbar etamiz.

    Aziz va muhtaram do‘stlar!

    Barchangizni bugungi kasb bayramingiz bilan yana bir bor samimiy qutlab, sizlarga sihat-salomatlik, olijanob faoliyatingizda omad va yutuqlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

    Doimo sog‘-omon bo‘ling, azizlar!

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

    27.06.2017, 19:32   Izoh (0)   12290
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston”. Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayramini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

    27.06.2017, 19:22

    OTMlarga qabul jarayonida talab qilinadigan tibbiy ma’lumotnoma bo‘yicha tarqalgan xabarlar yolg‘on

    27.06.2017, 18:37

    Yashnobodda “usta” uy egasini o‘marib ketdi

    27.06.2017, 18:25

    XPK rahbari: Mirziyoyev, Putin va Trampga oldingilarga nisbatan og‘irroq

    27.06.2017, 18:00

    Toshkentda Vengriya elchixonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

    27.06.2017, 17:48

    So‘rovnoma: Majburiy obunaga to‘qnash kelganmisiz?

    27.06.2017, 17:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Amazon yangi Jeyms Bondni izlamoqda. Nomzodlar orasida Tom Holland ham bor

    Kino | 1 iyul, 13:04

    O‘zbekistonda nafaqa va moddiy yordam pullaridan kredit qarzdorligini avtomatik yechib olishga chek qo‘yiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 12:59

    Lautaro Martines: “Kimdir “Inter”da qolishni istamasa — xayr”

    Sport | 1 iyul, 12:40

    O‘zbekistonda ichki aviareyslar uchun elektron hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ldi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 12:34

    Haj-2025 mavsumida 8 nafar o‘zbekistonlik Saudiya Arabistonida vafot etdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 12:12

    Mualliflik qo‘shig‘i bitiruvchilar madhiyasiga aylangan xonanda Ravshan Sobirov 50 yoshda

    Madaniyat | 1 iyul, 11:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.