O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-martdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish to‘g‘risida”gi PQ—303-sonli qarori ijrosi yuzasidan davlat soliq xizmati organlari tomonidan tegishli idoralar bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi Axborot xizmatiga tayanib, “KRuz.uz” xabar berdi.
Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida yo‘lovchi tashish transportini boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan shahar va shaharlararo yo‘nalishlarga litsenziya berishning belgilangan talablariga rioya qilinish holatlarini aniqlash maqsadida 400 dan ortiq nazorat tadbiri o‘tkazildi. Ularning barchasida qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.
Ushbu holatlar bo‘yicha hujjatlar shahar va tuman sudlariga yuborildi. Natijada huquqbuzarlik sodir etgan 385 nafar jismoniy shaxslarga nisbatan jami 172 986, 4 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.
Izoh (0)