AQSh prezidenti Donald Tramp Ramazon Hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga tabrik yo‘lladi. Tabrik matni 27-iyun kuni O‘zA saytida e’lon qilindi.
Amerika xalqi nomidan Melaniya va men Sizga va O‘zbekiston xalqiga Ramazon Hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarimizni yo‘llaymiz.Muqaddas Ramazon oyida AQShdagi musulmonlar butun dunyo musulmonlari qatori imon-e’tiqod va xayr-ehson amallariga alohida e’tibor qaratdilar. AQShda musulmonlar qo‘shnilarga va jamiyatning turli tabaqalari vakillariga yordam berish hamda qo‘llab-quvvatlashdek ezgu an’anani davom ettirgan holda, bayramni oila a’zolari va do‘stlar davrasida nishonladilar.
Mazkur bayramni nishonlar ekanmiz, rahm-shafqat, mehr-oqibat va ezgu niyat kabi fazilatlar ahamiyatini yanada teran anglaymiz. Shu munosabat bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston bilan ana shu qadriyatlarni e’zozlashga qaratilgan umumiy majburiyatimizni yana bir bor ta’kidlaydi.
Siz va O‘zbekiston xalqini yana bir bor bayram bilan tabriklayman! Ramazon Hayiti muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,Donald Tramp, AQSh prezidenti
Izoh (0)