Belarus poytaxti Minskda Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan paradning bosh repetitsiyasiga yo‘l olgan tank metroning “Moskovskaya” bekati hududida daraxtga borib urildi va fonar ustunini yiqitdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi. Tankka zarar yetgani bildirilmoqda.
O‘tkinchilar uchun yuz bergan voqea darrov selfiga tushish uchun sababga aylandi.
Izoh (0)