Germaniya nol nominaldagi kupyuralar turkumini chiqardi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Yevropa markaziy banki ruxsati bilan chiqarilgan kupyuralar suvenir mahsuloti ekanligi bildirilmoqda. Biroq ular himoyaning barcha darajasi, jumladan, suv belgilari, gologrammalarga ega va haqiqiy pullar chop etiladigan qog‘ozda bosildi.
Jami 5 ming nusxadagi banknota nafaqat sayyohlar, balki kolleksiyachilarning ham diqqatini tortishi kutilmoqda. Nol nominaldagi kupyuraning donasi 2,5 yevrodan sotiladi.
Izoh (0)