Germaniya rasmiylari Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning AQShda namoyishchilar bilan mushtlashgan qo‘riqchilari G20 sammiti chog‘ida mamlakatga kelishini xohlamaydi. Bu haqda, Welt am Sonntag gazetasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ikki oy muqaddam Erdo‘g‘onning qo‘riqchilari AQShda unga qarshi namoyishga chiqqan odamlar bilan mushtlashgan edi. AQShda ularning ayrimlarini hibsga olish uchun ruxsatnomalar chiqarilgan. Ularning Germaniyaga kirishini taqiqlash qarori haqida hukumat vakillari Bundestagdagi yopiq majlis chog‘ida parlamentariylarni boxabar qildi.
Shuningdek, Germaniya maxsus xizmatlari Gamburgda o‘tadigan sammit chog‘ida Erdo‘g‘onning tarafdorlari va xayrixohlari o‘rtasida to‘qnashuvlar kelib chiqishidan xavotirda.
Izoh (0)