AQSh — Meksika chegarasida devor qurilishida quyosh batareyalaridan foydalanish lozim. Donald Tramp Sidar-Rapids shahrida (Ayova shtati) tarafdorlari oldidagi chiqishi chog‘ida shunday taklif bildirdi, deya xabar beradi BBC News.
“Gap janubiy chegara haqida ketmoqda, u yerda quyosh nuri, harorat ko‘p. Biz energiyani jamlaydigan va o‘zini-o‘zi qoplaydigan quyoshli devor qurishni o‘ylayapmiz. Shu tariqa Meksika kamroq to‘lashiga to‘g‘ri keladi, bu axir yaxshi emasmi?” — dedi AQSh prezidenti.
Trampning aytishicha, oldin bu g‘oya haqida gapirilmagan. U yig‘ilganlar oldida buni shaxsan o‘zi o‘ylab topgani bilan maqtandi.
Izoh (0)