2017- yilning 16-iyun kuni, taxminan, soat 10:00 larda Narzullayeva Zilola Muradulla qizi Chilonzor tumani hududida Mahmud Ismatullayevga tegishli xonadonning derazaasi ochiq qolganidan foydalanib, Samsung Ace4 Lite rusumli uyali telefonini o‘g‘rilagan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘rilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)