Afg‘oniston janubida ro‘y bergan portlash qurbonlari soni 34 kishini tashkil qildi. Bu haqda, ToloNews telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Oldinroq 29 qurbon haqida ma’lumot berilgan edi.
Hilmand shahrining ma’muriy markazi — Lashkargoh shahrida “Kobul yangi banki” filiali binosi yaqinida minalashtirilgan avtomobil havoga uchirildi. Mahalliy aholi vakillari maosh olish uchun bank oldida navbatga turgan payti portlash amalga oshirildi.
Hozircha biror ekstremistik guruh terakt uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Izoh (0)