AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirish borasida buyruq berdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmatiga tayanib, “Kommersant” xabar qildi.
KXDRning yadvoriv sinovlariga qarshi javob tariqasida sanksiyalar 2008-yilning 26-iyunida joriy qilingan va bir necha bor uzaytirilgan edi.
“Shimoliy Koreyaning siyosati hamda harakati Koreya yarimorolidagi vaziyatni izdan chiqarib AQSh qurolli kuchlariga, shuningdek, uning mintaqadagi ittifoqchilari va savdo hamkorlariga xavf tug‘dirmoqda”, — deya qayd etiladi AQSh prezidentining qarorida.
Sanksiyalarni uzaytirish bayonnomasi Kongressga yuborildi.
KXDR so‘nggi vaqtlarda muntazam ravishda ballistik raketalar sinovini o‘tkazmoqda. AQSh bunga javoban mintaqadagi harbiy ishtirokini oshirmoqda, Janubiy Koreyada raketaga qarshi mudofaa tizimini, shuningdek, mamlakatning asosiy hududidagi mudofaani kuchaytirmoqda. Bundan tashqari BMT Xavfsizlik kengashi iyun oyi boshida Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish qarori loyihasini tasdiqlagan edi.
Izoh (0)