Suriya armiyasi Damashqning to‘rtta tumani ustidan nazoratni o‘z qo‘liga oldi. Bu haqda SANA agentligi harbiy manbaga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar berdi “RBK”.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, hukumat qo‘shini “Jabhat an-Nusra” terrorchilik tashkiloti jangarilarining bosh markazi bo‘lgan Bir Al-Qasab tumanini, shuningdek, poytaxtning sharqiy qismidagi Kerbat al-Qasab, Tlul al-Ravabi va al-Sreyxi tumanini egallagan. Bundan tashqari Suriya harbiylari bir nechta strategik tepaliklarni ham qo‘lga kiritgan.
Suriya armiyasi yuqoridagi hududlarni ozod qilish operatsiyalari davomida “Jabhat an-Nusra” guruhining o‘nlab jangarilarini yo‘q qildi va ularning og‘ir pulemyotlar bilan jihozlangan uchta transport vositasini, beshta mototsiklini, statsionar raketa qurilmasini ishdan chiqardi.
Suriya poytaxtida harbiy harakatlar davom etmoqda.
Izoh (0)