Janubiy Afrika Respublikasining Kichik Karu platosida joylashgan qo‘riqxonada ikki begemot karkidonga hujum qildi. Ular qurg‘oqchilik sharoitida suv uchun kurashga kirishdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Qo‘riqxona nazoratchisi Reynjer Robertsonning so‘zlariga qaraganda, o‘sha kuni havo o‘ta issiqligi tufayli begemotlar suvni raqibdan himoya qilishga harakat qilgan. Ulardan biri karkidonni cho‘ktirgan.
“Begemotlar qurg‘oqchilik sharoitida o‘ta xavfli... Bu katta buldozer ishiga qarash bilan teng”, — dedi Robertson.
Begemotlar Afrikaning eng xavfli jonivorlari hisoblanadi. Ular har yili 500 kishini o‘ldiradi.
Izoh (0)