O‘zining geografik joylashuvi tufayli Kanar orollari eng yaxshi iqlimli joy deb ataladi: suv va havo harorati orollarda butun yil davomida +20 darajadan pasaymaydi. National Geographic orolning go‘zal tabiatiga e’tibor qaratdi.
Tarix
Kanar orollari shu kungacha ko‘plab tarixiy xotiralarni saqlab kelmoqda: bugungi kungacha izlari saqlanib qolgan aborigenlar qabilalaridan tortib, kastiliyaliklar bosqini va Xristofor Kolumbning o‘tishigacha. Orol yuz yilliklar davomida uch qit’aning (Yevropa, Amerika va Afrika) me’morchilik, folklor va oshxona madaniyatini o’zida jamladi. Orolning ba’zi tarixiy markazlari YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Vulqonlar mamlakati
Kanar orollari vulqon manbalariga ega, biroq vaqt o‘tishi bilan bu vulqonli yer o‘simliklar to‘lqini ostida qoldi: lavali tepaliklar qalin o‘rmonlar bilan qoplangan.
Dam olish uchun maqbul joy
Suvning harorati yil davomida +20 darajadan pasaymaydi, shuning uchun Kanar orollari suv sporti turlari uchun eng maqbul joy hisoblanadi. Shuningdek, orollar tog‘ velosipedi haydash, cho‘qqiga ko‘tarilish yoki paraplanda uchish uchun juda qulay imkoniyatlar taqdim etadi.
Qo‘riqlanadigan tabiiy va havo hududlari
Kanar orollari hududining qariyb yarmi qo‘riqlanadigan hudud hisoblanadi. Bundan tashqari, ba’zi hududlardagi bulutsiz tungi osmon ham muhofaza ostida.
Izoh (0)