Quyidagi video “Braziliya supermarketidagi bir yigit” deb nomlanadi. Uning qahramoni qo‘lida bir dunyo xaridlarni ko‘targancha, bir mahsulotni tushirib yuboradi. Shundan so‘ng ikki tepki bilan mahsulotni havoga ko‘tarib, yana xaltaga joylab qo‘yadi, deb yozadi Meduza.
Bu voqea haqiqatan ham Braziliyada bo‘lganmi-yo‘qmi, buni aniq bilmaymiz, biroq Reddit’da aynan shunday deb hazil qilishmoqda. Forum foydalanuvchilaridan biri bu harakatlar futbol ustalari yashaydigan mamlakat uchun odatiy hol bo‘lsa kerak, deb taxmin qildi. Boshqalar esa xaridor — ehtimol, Braziliyadagi eng yomon futbolchi, nari borsa futbolni endi o‘rgangan odam, deb hazil qildi.
Izoh (0)