“O‘zfarmsanoat” va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) “Dori vositalari sifatini oshirish” loyihasini amalga oshirish doirasida o‘zaro kelishuv memorandumini imzoladi. Bu haqda aksiyadorlik kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Memorandumni O‘zbekiston tomonidan “O‘zfarmsanot” AK boshqaruv raisi M.Do‘stmurodov, AQSh tomonidan USAID missiyasi mintaqaviy direktori Jatinder Chima imzoladi. Tadbirda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.
USAID va “O‘zfarmsanot” hamkorlikda amalga oshiriladigan loyiha doirasida silga qarshi preparatlar ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvatlash, qalbakilashtirilgan va soxtalashtirilgan dori vositalari tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha texnik yordam, shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan sil kasalligi ustidan nazorat o‘rnatishni ta’minlash va uning tarqalishini oldini olishga qaratilgan maqsadli texnik yordam berish ko‘zda tutilgan.
Loyihani amalga oshirilishidan kutilayotgan natijalar quyidagilar hisoblanadi:
Silga qarshi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan dori vositalari sifatini GMP/JST xalqaro standartlari talablariga moslashtirish va aholiga qulaylik yaratish;
Silga qarshi dori vositalari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar eksport salohiyatini oshirish;
GMP (“Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti”) xalqaro standartlari talablariga mos dori vositalari sifatini nazorat qiluvchi farmatsevtika sohasi mutaxassislari va muvofiqlashtiruvchi idoralar inspektorlari malakasini oshirish.
“Dori vositalari sifatini oshirish” loyihasi doirasida hamkorlikdagi birinchi qadam tashlandi: GMP bo‘yicha “Nobelfarmsanoat” MChJ mutaxassislari uchun trening tashkil etildi.
Izoh (0)