Bektemir tumani YPX maskanida Damas avtoulovida giyohvand modda olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi, deb xabar berdi Toshent shahar IIBB matbuot xizmati.
2017-yilning 13-iyun kuni taxminan soat 11:00 larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan, Bektemir tumanidagi YPX maskanida, Damas rusumli avtoulov ko‘zdan kechirilganda, yo‘lovchi muqaddam sudlangan Pyotr Krivshichning yonida og‘irligi 343,53 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda qo‘p miqdorda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)