• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Onalar farzandlariga qanday o‘yinchoq sotib olgan ma’qul?

    Bolalar o‘yinchog‘ini ko‘rgan har qanday kishining ko‘z oldida bolalik davri gavdalansa, unga qarab qalbida olis bolalikning beg‘ubor davri yodga tushishi haqiqat. Mavzudan chekinmagan holda, bugun bolalar o‘yinchoqlarini to‘g‘ri tanlash, sifatsiz mahsulotga duch kelib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi hamda boshqa qator masalalar bo‘yicha The Mag jurnali tahririyati nevropatolog Anna Proxorova bilan suhbatlashdi.

    Anna Proxorova, ko‘plab onalarni bolalar o‘yinchoqlarini qayerdan sotib olgan ma’qul, degan savol o‘ylantirishiga nima deysiz?

    — Har qanday ona avvalo, bolalar mahsulotlarini maxsus do‘konlardan xarid qilish lozimligini unutmasligi kerak. Sertifikatsiyalanmagan mahsulot ba’zi noxushlik yoki ko‘ngilsizliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa bu masalada, bolalar va ularning salomatligiga bee’tibor bo‘lish mumkin emas.

    Rivojlantiruvchi o‘yinchoqlar sifatida nimalarni maslahat brardingiz? Ularning bolalar ongi va tafakkuriga ta’siri qanday? Bolani dastlabki yoshidanoq rivojlantirish uchun qanday o‘yinchoqlar o‘ynatgan ma’qul?

    Bolaning faqat aqliy faoliyatini rivojlantirishga mo‘ljallangan o‘yinchoqlar xarid qilmang (ba’zan, o‘yinchoqlarni o‘ynash kerak, xolos), ular go‘dakning ham aqliy, ham jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta’sir qilishi lozim. Eng kichik yoshdagi bolalarga sezgi organlari (ko‘rish, eshitish, hid bilash) bilan birga ko‘zlar va qo‘llar harakatini mashq qildiradigan o‘yinchoqlar olgan ma’qul.

    Bolalarga o‘yinchoq tanlashning umumiy qoidasi bormi?

    Bolalar o‘yinchoqlari tanlashning o‘ziga xos umumiy qoidalari bor, albatta. Avvalo, bolaning yoshiga qarab o‘yinchoq tanlay bilish kerak.

    Birinchi navbatda, olmoqchi bo‘layotgan o‘yinchoqni obdon ko‘zdan kechiring, o‘ramidagi yozuvlarni diqqat bilan o‘qib chiqing. Shu o‘rinda, nimalarga alohida e’tibor qaratmoq joiz?

    Material. O‘yinchoq xavfsiz materialdan tayyorlangan bo‘lishi kerak. Tabiiy yung va daraxt po‘stloqlaridan yasalgan o‘yinchoqlarni xarid qilmang. Binobarin, tabiiy charmdan tayyorlangan o‘yinchoqlar 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tavsiya etilmaydi. Yumshoq o‘yinchoqlar tuklarining to‘kilib tushmasligi uchun pishiqligiga alohida e’tibor qarating. Bundan tashqari, yumshoq o‘yinchoqlar tuklari orasida turli bakteriyalar to‘planishi bois, ular vaqt o‘tib infeksiya manbaiga aylanishi va bolalar, ayniqsa, allergik reaksiyalarga moyilligi bo‘lgan go‘daklarning o‘ynashi ma’qul emasligini unutmang.

    Shakl. Bola o‘ynayotganda zarar yetkazmasligi uchun, o‘yinchoqlarning qirrali, uchli va keskir qismlari bo‘lmasligiga e’tibor bering.

    Rangi imkon qadar tabiiy bo‘lsin. Birinchidan, tabiiy rang bolaning real hayot to‘g‘risidagi tasavvuriga zarar yetkazmaydi, ikkinchidan, notabiiy, haddan ziyod o‘tkir ranglar bolalarni qo‘rqitishi va boz ustiga, tarkibida zaharli moddalar bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Shuningdek, qora va yorqin qizil rangli o‘yinchoqlarni bola yaxshi qabul qilmasligi sababli, ularni sotib olmang. 4 oylikka qadar bolalar sariq, keyin to‘q sariq (to‘q tillarang) va qizil, 6 oylikka kelib kamalakning qariyb, barcha ranglarini ajrata boshlashini e’tibordan qochirmaslik lozim.

    Hid. O‘yinchoqni do‘kondayoq hidlab ko‘rishdan uyalmang. O‘yinchoq o‘tkir va noxush hid taratmasligi kerak, aks holda uni tayyorlashda zaharli material va bo‘yoqlardan foydalanilgan.

    Tovush. O‘yinchoqdan chiqadigan tovush bolani qo‘rqitmasligi, uning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. O‘yinchoqdan musiqa taraladigan bo‘lsa, sotib olishdan oldin tinglab ko‘ring. Musiqa haddan ziyod baland, qo‘rqinchli bo‘lmasin. Ovozini boshqarish imkoniyatlarini ko‘zdan kechiring. Darvoqe, puflab chalinadigan o‘yinchoqlarning bola lablari tegadigan qismi yengil dezinfeksiyalanuvchi va o‘ziga namlikni shimib olmaydigan materialdan tayyorlangan bo‘lishi lozim.

    O‘yinchoq detallari. O‘yinchoqlarning qattiq materiallar, masalan, metall, yog‘och yoki plastmassadan tayyorlangan detallari o‘yinchoqning bolalar tishlashi mumkin bo‘lgan joyiga o‘rnatilmasligi shart. O‘yinchoqdan ajratiladigan qismlar qirrali va uchli bo‘lmasligi kerak.

    Ba’zi ota-onalar o‘yinchoq qutisida ko‘rsatilgan yosh chegarasiga e’tibor bermaydi. Shu to‘g‘rimi?

    Bola necha yosh bo‘lishidan qat’i nazar, bexatarligiga ishonch hosil qilgan o‘yinchoqnigina o‘ynashga bering. Bola 3 yoshga kirmaguniga qadar (ba’zi hollarda uch yoshda ham bolalar qo‘liga tushgan narsani og‘ziga olib borishi mumkin), ichiga yutib yuborishi yoki tomog‘iga tiqilib qolishi mumkin mayda detalli o‘yinchoqlarni o‘ynatmang. O‘yinchoqning pishiqligi, bo‘yashda bexatar bo‘yoq ishlatilgani va yengil yuvilishiga alohida e’tibor bering (bolalar o‘yinchoqlarini tez-tez yuvishni esa unutmang!) Yechib olinadigan yoki yaxshi qotirilmagan detalli — ip-arqon, 15 santimetrdan uzun (ipga o‘ralashib, bo‘g‘ilib qolish xavfi) bog‘ichli, prujina, tishchali g‘ildirakli, ilmoq, halqali, o‘tkir uch yoki qirrali, gubkadan tayyorlangan (yumshoqqina gubkani bola albatta chaynab ko‘rgisi keladi), baland ovoz yoki shovqinli (100 ditsibell bolaning eshitish qobiliyatiga salbiy ta’sir qiladi), ochiq elektr kontaktli, qizuvchan elementli, batareya o‘rnatish joyi oson ochiladigan o‘yinchoqlarni bolaga bermang. Havo berib shishiriladigan pufaklardan juda ehtiyot bo‘ling, ular bola tomog‘iga tiqilib qolishi noxush holatga sabab bo‘lishi hech gap emas.

    Odatda, bolalarga o‘yinchoqlarni ota-onalar tanlaydi, ammo bolaning o‘yinchoq tanlashda o‘zining qaror qabul qilishiga nima deysiz? Bu vaziyatni nazorat qilish yoki o‘zaro maslahatlashib bir qarorga kelish kerakmi yoxud o‘yinchoqni ota-ona tanlagani ma’qulmi?

    O‘yinchoqlar do‘koni har qanday ota-onaning bolalik hissiyotlarini uyg‘otib yuborishi tayin! Agar bolaning yoshi o‘yinchoq tanlashga mos bo‘lsa, uning mazkur tanlovda ishtiroki foydadan xoli emas. Biroq, qaysi o‘yinchoqni xarid qilish borasida yakuniy qarorni ota-onalar qabul qilishi maqsadga muvofiq.

    Ko‘pgina ota-onalar birinchi o‘yinchoqlarini o‘zgacha iliqlik bilan xotirlashadi. Ilgari o‘yinchoq tanlovi nihoyatda cheklangan edi, bugun esa ularning sanab sanog‘iga yetish qiyin. Nima bo‘lganda ham, birinchi o‘yinchoq qanday bo‘lishi kerak?

    Emizikli bolalar uchun turli shaqildoqli o‘yinchoqlar sotib olishda, avvalo, ularga qanday bo‘yoq ishlatilgani, turli ranglarda bo‘yab tashlanmagani va 100 grammdan og‘ir bo‘lmasligiga alohida e’tibor qaratish kerak. Pishiq-puxta shaqildoq o‘yinchoq olishga harakat qiling. Ayniqsa, ichida qandaydir suyuqlik qo‘llangan o‘yinchoqlarni bolalarga berishda ehtiyot bo‘ling. Bolalar og‘ziga solishi mumkin bo‘lgan o‘yinchoqlar yengil yuviladigan va o‘ziga namlik shimmaydigan materialdan tayyorlangan bo‘lishi lozim.

    E’tibor berganmisiz, bozorlarimiz Xitoyda tayyorlangan kamalak rangli o‘yinchoqlarga to‘la. O‘zimiz va bolalarimizning salomatligiga zarar yetkazuvchi bo‘yoqlardan himoyalanish uchun nimalarga e’tibor berish lozim?

    Juda oddiy: faqat sertifikatlangan o‘yinchoq xarid qilish!

    Suhbatimiz yakunida – bolalarni turli xavf-xatarlardan qanday himoyalash kerakligi xususida ikki og‘iz fikr bildirsangiz.

    Eng avvalo, xarid qilguningizga qadar yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing. Unda albatta quyidagi axborotlar berilgan bo‘lishi lozim:

    • — o‘yinchoqni kattalar yig‘ishi va o‘rnatishi (bolalar yig‘ib-o‘rnatishi mumkin bo‘lmagan o‘yinchoqlar uchun);
    • — noto‘g‘ri o‘rnatilgan detallarining bolalarga xavf tug‘dirishi mumkinligi (sirg‘alib tushishga mo‘ljallangan, osma arg‘imchoqli, xalqa, trapetsiyali, arqonli va shunga o‘xshash o‘yinchoqlar);
    • — o‘yinchoqdan foydalanish va ehtiyotkorlik shartlari;
    • — ehtiyotkorlik shartlariga amal qilmaslik baxtsiz hodisaga sabab bo‘lishi mumkinligi;
    • —o‘yinchoqning 3 yoshgacha bolalarning qo‘li yetmaydigan joyda saqlanish lozimligi;
    • — o‘yinchoq asosiy elementlarini muntazam tekshirib turish (osmalari, mustahkamlagichlari, tortmalari va h.k.);
    • — o‘yinchoqdan foydalanishda yiqilish yoki urilib ketish oqibatida bolaga zarar yetmasligi uchun, foydalanishda ehtiyot bo‘lish;
    • — himoya vositalari: shlem, qo‘lqop, tirsak va tizzani himoyalovchi (g‘ildirakli konkilar va g‘ildirakli taxtalarda uchishda) moslamalardan foydalanish borasida ko‘rsatmalar.
    • O‘yinchoqdan bexatar foydalanish qoidalariga alohida e’tibor berish kerak. Masalan: “3 yoshgacha bolalarning o‘ynashi mumkin emas” – 3 yoshgacha bolalarning o‘ynashi taqiqlangan o‘yinchoqlar;
    • “Diqqat! Faqat kattalar nazorati ostida foydalanilsin” — bolalarning o‘zi foydalanishi xavf tug‘diradigan o‘yinchoqlar;
    • “Ehtiyot bo‘ling! O‘ralashib qolmasligi uchun, bola turayotgan mahal o‘yinchoqni yechib, olib qo‘ying!” — beshik, belanchak, bolalar karavoti yoki aravachasiga o‘rnatiladigan osma o‘yinchoqlar.

    Reklama huquqi asosida!

    16.06.2017, 14:38   Izoh (0)   16319
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tanishlarini Malayziyada fohishalik qilishi uchun olib ketmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

    16.06.2017, 14:38

    Shavkat Mirziyoyev Uchtepada tashkil etiladigan texnopark loyihasi bilan tanishdi

    16.06.2017, 14:28

    Abdulaziz Komilov Irlandiyaning yangi tayinlangan elchisi Edrian Makdeydni qabul qildi

    16.06.2017, 14:13

    Shavkat Mirziyoyev tajriba sifatida 11 yillik ta’limni qayta tiklash zarurligini ta’kidladi

    16.06.2017, 13:57

    Farzandlarini balo-qazodan saqlash uchun taqinchoqlarini firibgarga oldirib qo‘ygan ayol militsiyaga yolg‘on xabar berdi

    16.06.2017, 13:32

    Toshkent shahar IIBB tergovchi va surishtiruvchilarni ishga qabul qiladi

    16.06.2017, 13:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “O‘zgidromet” 22-iyulda necha daraja issiq bo‘lishini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 12:54

    Gollivudning eng shov-shuvli 7 ta to‘yi

    Layfstayl | 21 iyul, 12:50

    O‘zbekistonda yil boshidan beri qariyb 35 ming fuqaro sog‘lomlashtirildi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 12:27

    Afrikada har yili 815 ming odam ovqat pishirishdan kelib chiqqan havo ifloslanishidan vafot etadi — hisobot

    Dunyo | 21 iyul, 12:11

    “Barselona” “Real” futbolchisi uchun kurashga kirdi

    Sport | 21 iyul, 12:03

    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

    Reklama | 21 iyul, 10:33

    Universitetga kirish imtihonidan yiqilgan o‘g‘lini xitoylik ota-ona uydan haydab chiqardi

    Layfstayl | 21 iyul, 11:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.