• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Jonli ijroga tayyormisiz, janob Babayan?

    1994 — Rustam Akromov

    Azamat Abduraimovning 1994-yilgi Osiyo o‘yinlarida Janubiy Koreya darvozasiga urgan golini eslasangiz kerak. O‘zbekiston finalga chiqishi uchun imkoniyat deyarli yo‘q edi. Rustam Akramov va Birodar Abduraimov murabbiylik qilgan jamoaning guruhdan chiqib olganiyoq ko‘pchilik uchun katta voqelik bo‘lgan bir paytda, futbolchilar qit’aning eng kuchli deya e’tirof etilayotgan jamoasini ham mag‘lub eta olgandi.

    Butun uchrashuv koreyaliklar ustunligida o‘tdi. Yuriy Sheykin darvozasi oldida yuzaga kelgan vaziyatlar qandaydir mo‘jiza tufayligina O‘zbekiston darvozasining ishg‘ol etilmasligi bilan tugayvergan. Va nihoyat bittagina aniq zarba O‘zbekistonni finalga olib chiqqandi. Mana shunday bir paytda koreyaliklarning ahvolini tasavvur qilish qiyin emas. Agar o‘sha uchrashuv yana besh marta o‘tkazilsa, hammasida Koreyaning qo‘li baland kelishi katta ehtimol edi. Biroq yutilishi kerak bo‘lgan o‘yinni favorit boy berib qo‘ydi. Dahshatli yarim finalni boshdan kechirgan O‘zbekiston esa finalda Xitoyni o‘z izmiga sola bildi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    1999 — Mahmud Rahimov

    1999-yil Mahmud Rahimov jamoasi uzoq yillar davomida yoddan chiqmaydigan uchrashuv o‘tkazdi. Amirlik termasiga qarshi bellashuv bor-yo‘g‘i Osiyo kubogining saralashi doirasida edi, to‘g‘ri. Biroq undagi vaziyat va sharoitdan kelib chiqib, qozonilgan g‘alaba o‘sha saralashni peshqadam sifatida yakunlagan futbolchilarnida salkam qahramon darajasiga ko‘tardi.

    BAA saralash o‘yinlariga mezbonlik qilgan mamlakat sifatida Osiyo kubogiga yagona yo‘llanmani yutib olish uchun asosiy favorit sanalardi. Taqvim shunday tuzildiki, unda Amirlik termasining asosiy raqibi O‘zbekiston qoqilishi uchun barcha chora ko‘rildi. Sakkiz kun ichida to‘rtta o‘yinda maydonga tushish hazilakam ish emas, bunday holat faqat Osiyoda bo‘lishi mumkin. Raqiblar esa bosqichma-bosqich kuchayib borishi kerak edi. Avvalgi to‘rt kunda Bangladesh va Shri-Lanka termalari bir xilda — 6:0 hisobida taslim qilindi. Oltinchi kundagi uchinchi o‘yinning o‘ziyoq futbolchilarni toliqtirgandi. Bu narsa Hindiston bilan o‘yinda ham sezildi — 3:2. G‘alaba keltirgan gollar o‘yin tugashiga 15 daqiqa qolganida kiritildi. Hindiston bir tur avval dam olgani uchun ham, unga qarshilik ko‘rsatish Rahimov jamoasidan katta kuch talab qildi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    Va nihoyat so‘nggi uchrashuv mezbon BAA termasiga qarshi. Buni qarangki, mezbonlar ham O‘zbekiston bilan o‘yin oldidan bitta turni o‘tkazib yuborib, ancha tiklanib olishgandi. O‘zbekiston esa sakkizinchi kundagi to‘rtinchi uchrashuvda maydonga tushdi. Endi his qilgandirsiz o‘sha g‘alaba nega uzoq muddat yoddan chiqmasligini. 71-daqiqada Mirjalol Qosimovning ajoyib to‘p uzatmasini Maksim Shatskix golga aylantirdi — O‘zbekiston Osiyo kubogida!

    2012 — Vadim Abramov

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Vadim Abramov murabbiylik qilgan jamoa 2012-yil Yaponiyadan g‘alaba bilan qaytgan kunni eslaymiz. Marhum Shadrin tomonidan urilgan gol va yana bir tarixiy g‘alaba. Yaponlar uchun 3 ochko u qadar shart emasdi, dersiz. Biroq kunchiqar yurt termasi o‘z maydonida mag‘lub bo‘lishni har qanday vaziyatda ham or deb biladi. Tojikistonga qarshi bellashuvda yetakchi futbolchilar sariq kartochkalar olib, Yaponiyaga qarshi o‘yinni qo‘yib yuboradigan bo‘lgandi. Shunga qaramay, asosiy futbolchilarsiz o‘ynagan O‘zbekiston termasi Yaponiyadan 3 ochko olib qaytdi.

    2012 — Mirjalol Qosimov

    2012-yil Mirjalol Qosimov murabbiylik qilgan jamoada ham tarixiy g‘alaba qayd etildi. Bunga qadar O‘zbekiston forslardan ustun kelishni uddalay olmagandi. Tojikistonga qarshi o‘yindagi ayyorlikni FIFA kechirmagani, asosiy futbolchilar Yaponiyadan keyin Eronga qarshi o‘yinni ham qo‘yib yuborgani, hakam yaqqol golni inobatga olmagani forslarning Toshkentdan g‘alaba bilan qaytishiga, Vadim Abramovning esa iste’fosiga sabab bo‘lgandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Javob o‘yinida Qosimov boshchilik qilgan jamoa “Ozodi” stadionida 3 ochko ishlab oldi. Standart vaziyat, Ulug‘bek Baqoyevning 71-daqiqadagi goli. Biz ungacha ham, undan keyin ham Eronni qaytib mag‘lub eta olmadik.

    To‘g‘ri, keyinroq O‘zbekiston baribir 2014-yilgi Jahon chempionatidan chetda qoldi. Amirliklardagi qahramonlikdan keyin Osiyo kubogi biz uchun sharmandali o‘tgani ham rost. Abramovning Yaponiyadagi g‘alabasi deyarli changga aylanib ketdi. 1994-yilgi g‘alabadan keyin esa O‘zbekiston termasi katta g‘alabalarga qaytib yaqinlashmadi. Biroq o‘sha 90 daqiqali o‘yinlar xotiramizda uzoq muddat saqlanib qoldi.

    2017 — navbat Babayanga

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Men buni nega esladim? Bugun Babayan jamoasi xuddi yuqoridagilar kabi sinovdan o‘tadi. U qo‘li ostidagi jamoa tarixdagi eng kuchlisi ekani haqida aytishdan charchamadi. Endi esa tarkibiga kuchli iroda, metin himoya, yaxshi taktika va futbolchilar ko‘zidagi o‘t juda kerak. Hozir o‘zbekistonlik muxlislar futbolchilardan umidvor. Marhamat, janob Babayan, navbat sizniki.

    12.06.2017, 11:12   Izoh (0)   45109
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar qisman cheklovga uchradi

    Dunyo | 14 avgust, 00:05

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.