Afg‘onistonning Hilmand viloyatida AQSh qurolli kuchlari aviazarbasi oqibatida ikki politsiyachi halok bo‘ldi, to‘rt kishi tan jarohati oldi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
“Mudofaa vazirligi va xavfsizlik kuchlari xodimlari jabrlangani haqidagi axborotni tasdiqlaymiz”, — deya AQSh qurolli kuchlaridan iqtibos keltirgan AFP hodisa yuzasidan tergov harakatlari boshlanganini ma’lum qildi.
Mahalliy ma’muriyat vakilining ma’lum qilishicha, politsiya guruhi “Tolibon” jangarilarining qarorgohiga haddan tashqari yaqin kelib qolgan bo‘lgan.
Izoh (0)