TurStat agentligi turistlar orasida mashhur bo‘lgan MDHning tarixiy shaharlari ro‘yxatini tuzib chiqdi, deb xabar berdi “Kazinform”.
Ma’lum bo‘lishicha, MDH davlatlarining sayyohlar orasidagi eng mashhur qadimiy tarixiy shaharlari, asosan, Markaziy Osiyodagi Buyuk Ipak yo‘li, Qozog‘iston va Kavkazorti hududlariga joylashgan.
Shunday qilib, MDHning tarixiy shaharlari top o‘nligidan Turkiston (Qozog‘iston), Samarqand (O‘zbekiston), Buxoro (O‘zbekiston), Taroz (Qozog‘iston), Ganja (Ozarboyjon), Vitebsk (Belorussiya), Xiva (O‘zbekiston), Gumri (Armaniston), Xo‘jand (Tojikiston) va Marv (Turkmaniston) shaharlari joy olgan.
Ro‘yxat turlar taklifi va mintaqaviy sayyohlik idoralari ma’lumotlarini tahlil qilish asosida tuzib chiqilgan.
TurStat’ning ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiston shahrini yiliga 1 milliondan ortiq turist hamda ziyoratchilar, 2000 yil oldin asos solingan Taroz shahriga esa bir yil davomida 500 ming turistlar tashrif buyuradi.
Izoh (0)