Qozog‘iston shu yil kuzida O‘zbekistonga muntazam avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qozog‘iston investitsiyalar va taraqqiyot vaziri Jenis Qosimbek parlament yig‘ilishidagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Today.kz”.
“Ikki davat o‘rtasida uzoq vaqt muntazam avtobus qatnovi bo‘lmagan. Hozir O‘zbekiston chegarasigacha borgach, yo‘lovchilar tushib qolib, chegarani piyoda kesib o‘tadi va u tomonda transportga chiqadi. Bugungi kunda temir yo‘l va avtomobil qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Kuzga kelib muntazam avtobus qatnovlarini ham ochish rejalashtirilgan”, — dedi Jenis Qosimbek.
Vazirga ko‘ra, yaqin yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasi 5 milliard dollarga yetishi mumkin.
Izoh (0)