• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “‘Bunker’ orqali o‘qishga kirgan talaba — o‘qituvchiga berilgan besh yillik jazo aslida”. Oliy ta’lim “bunkerlar”dan manfaatdor emas

    Qanchalik achchiq bo‘lmasin, lekin bu haqiqat — O‘zbekistonda so‘nggi bir necha yildan beri har 1-avgustda “bunkerlar”, “parovozlar”, “snayperlar” paydo bo‘ladi. Aytishlaricha, “bunkerlar” oliy ta’lim muassasalari yerto‘lalari, xos xonalari yoki ularga yaqin xonadonlarda tashkil etiladi, “parovoz” yoki “snayperlar” esa bevosita test imtihonlarini topshirish xonalariga kirib keladi.

    “Bunker” — bir guruh o‘qituvchilar, a’lochi talabalar, tajribali abituriyentlarning 1-avgust kuni bir xonaga yig‘ilib, katta — yetarlicha katta — haq evaziga abituriyentlarning testlarini yechib berishidir.

    Bir necha yildan beri o‘qishga kira olmayotgan abituriyentlarning ba’zilari shunday manzaraga guvoh bo‘lgan chiqar ehtimol — mas’ullardan biri (yoki shunchaki bir kishi) imtihon xonasiga kirib, “Falonchiyev, Pistonchiyev, Pismadonchiyev, sizlarning test kitobchangizda xatolik bor ekan”, deb, familiyasi o‘qilganlarning testlarini yig‘ishtirib ketadi.

    “Xatosi bor” test kitobchalari, aytishlaricha, “bunkerlar”ga yuboriladi va o‘sha yerda “to‘g‘rilab chiqiladi”. “To‘g‘rilangan test” yordamida o‘qishga birinchi o‘rin bilan kirgan, lekin aksariyat hollarda alifni kaltak deydigan kursdoshingizdan hayron bo‘lib yurmang tag‘in.

    So‘nggi yillarda shunday “bunkerlar”ning bir nechtasi tugatildi, ularga homiylik qilganlar esa jazoga tortildi. Masalan, 2013-yili Toshkentdagi Sharqshunoslik instituti prorektori kirish imtihonlari vaqtida OTM hududida “bunker” tashkil etgani uchun ishdan ketgan, 2014-yilning 1-avgustida Namanganda 32 o‘qituvchidan iborat “bunker” qo‘lga tushgan.

    Foto: Xalqaro press-klub

    Xalqaro press-klubning 7-iyun kuni bo‘lib o‘tgan va oliy ta’lim tizimi istiqbollariga bag‘ishlangan anjumanida jurnalistlardan biri dangal so‘radi: “Bu yil ‘bunker’ degan narsa bo‘ladimi?”. Ko‘pchilikning yuziga (kimgadir achchiq) tabassum ulashgan bu savolga O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri birinchi o‘rinbosari Inomjon Majidov javob berdi.

    Inomjon Majidov.

    Inomjon Majidov.
    Foto: Xalqaro press-klub

    “Oliy ta’lim muassasalarida ‘bunker’ bo‘lmaydi”, — deya qat’iy ta’kidladi Inomjon Majidov. Shunga qaramay, “tashqarida nima bo‘lishi haqida bir nima deb bo‘lmaydi”, chunki “tashqaridagi ‘industriya’ (ayniqsa texnika-texnologiya masalasida) oliy ta’lim muassasalarining imkoniyatlaridan ancha ilgarilab ketgan”.

    “Menga ishoning — oliy ta’lim muassasasi ‘bunker’ga o‘xshash shunday narsalarning kamaytirilishidan birinchi manfaatdor tomondir”, — deya qo‘shimcha qildi Majidov. Vazir o‘rinbosarining so‘zlarini Sherzodxon Qudratxo‘jayev qo‘llab-quvvatlab, shunday dedi: “Shu masalani veb-saytlar alohida yoritishini so‘rardim — oliy ta’lim tizimida ‘bunkerlar’ bo‘lmaydi. Biz hozirgi islohotlar davrida haqiqatan ham aqlli, bilimli bolalar o‘qishga kirishidan manfaatdormiz”.

    Sherzodxon Qudratxo‘jayev.

    Sherzodxon Qudratxo‘jayev.
    Foto: Xalqaro press-klub
    Men o‘zim ham o‘qituvchiman, kafedra mudiriman. Darsga kirgan vaqtim aqlli, meni tushunadigan talaba bilan gaplashgim keladi. Siyosatni tushunmaydigan, “bunker” orqali o‘qishga kirgan talaba menga berilgan besh yillik jazo aslida.

    Sherzodxon Qudratxo‘jayev, Xalqaro press-klub raisi

    Mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirgan O‘zMU rektorining chiqishini ota-onalarga murojaat deb atasa ham bo‘ladi.

    Avazxon Marahimov.

    Avazxon Marahimov.
    Foto: Xalqaro press-klub
    Oliy ta’lim muassasalari, pedagoglar, olimlar bugun bilimdon talabalar tarafdori. Siz aytayotgan ‘bunkerlar’ bizning maqsadlarimizga mutlaqo zid. Kuni kecha Prezident tomonidan imzolangan qarorda ko‘zda tutilgan, bir so‘z bilan aytganda — “superkontrakt” masalasi:mana shuning o‘ziyoq korrupsiyaga qarshi kurashning javobi. Faqat buni xalqqa, ota-onalarga birinchi galda yetkazishimiz kerak.

    Ko‘chadagi firibgar, muttaham, yolg‘onchilarga aldanmang. Bolangizga uqtiring va shunga sharoit yarating — ozgina o‘qisin, izlansin, test sinovlariga tayyorlansin. Albatta talaba bo‘ladi.

    Avazxon Marahimov, O‘zMU rektori

    “Superkontrakt” deganda O‘zMU rahbari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5-maydagi qarorida ko‘zda tutilgan yangiliklardan birini nazarda tutdi. Unga ko‘ra, test sinovlaridan o‘ta olmagan abituriyentlar to‘lov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi evaziga talabalikka qabul qilinishi mumkin. Buning uchun u kamida 68 ball to‘plagan bo‘lishi lozim. Ayni vaqtda, qo‘shimcha kontrakt o‘rinlari ham cheklangan va 68 dan ko‘proq ball to‘plaganlarning barchasi ham talabaga aylanavermaydi.

    O‘tgan yillar davomida ba’zan oliygohlarning mas’uliyatsiz xodimlari, ba’zida esa boshqa firibgar shaxslar odamlarning ishonchiga kirib, ularni qo‘shimcha shartnoma (“superkontrakt”) yo‘li bilan o‘qishga kiritishga va’da bergan hollari ko‘p bo‘lgan. Xususan, 2014-yilda TATUning Qarshi filialiga 4,5 ming evaziga “superkontrakt” yo‘li bilan kiritishni va’da qilgan talaba 3 yil-u 3 oyga qamalgan, 2015-yili 4,5 ming va 6 ming dollardan pul olib, o‘qishga kirolmagan abituriyentlarni Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti va Toshkent davlat pedagogika universitetiga qo‘shimcha o‘rin bilan kiritishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olingan.

    Xalqaro press-klub qatnashchilari tomonidan e’lon qilingan bir qator yangiliklar joriy test imtihonlarida “parovoz” va “snayperlar”ning ishini bir qadar mushkullashtirishi mumkin. O‘z o‘rnida, “parovoz” nima-yu, “snayper” kim, degan savol tug‘ilishi tabiiy.

    “Parovoz” — amaldagi talaba yoki allaqachon oliygohni bitirib bo‘lgan shaxs bo‘lishi mumkin, lekin u ham qabul vaqtida hujjatlarini topshirib, imtihonga kiradi. Imtihon tashkilotchilarining “xabardor” vakillari “parovoz”ni uning xizmatlariga buyurtma bergan abituriyentlar (ular ko‘pi bilan uch-to‘rt nafar bo‘ladi) o‘tirgan auditoriyaga joylashtiradi (hammasi oldindan kelishiladi va “kelishiladi”). Butun imtihon davomida “parovoz” mijozlarining testlarini yechadi, ya’ni puli bor-u, bilimi yo‘q abituriyentlarni parovoz misoli “tortib ketadi”.

    “Snayper” — puldor abituriyentlarga ko‘rsatiladigan noqonuniy xizmatlarning eng qimmatlaridan biri; “snayper” mijozning hujjatlari bilan (!) uning o‘rniga imtihonga kiradi. Ana shundaylarga qarshi kurashish — “imtihon natijalarni soxtalashtirish, imtihon o‘tkaziluvchi binoga begona shaxslarning noqonuniy ravishda kirishini cheklash maqsadida” Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bu yildan imtihonga kirishni nazorat qilish va boshqarishning biometrik tizimi joriy etilmoqda. Boshqa bir qator universitetlarda, xususan, O‘zbekiston Milliy universitetida yuzni tanib olish texnologiyasidan foydalanilmoqda.

    08.06.2017, 14:27   Izoh (0)   38140
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Faxriddin Zoirov Nurobod tumani hokimi etib tayinlandi

    08.06.2017, 14:17

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga yetib keldi

    08.06.2017, 14:09

    2017-yilning 5 oyi davomida davlat raqobat qo‘mitasiga fuqarolardan 267 ta murojaat kelib tushgan

    08.06.2017, 14:07

    Nukus tumanida 38 kilometr suv tarmog‘i yangidan quriladi

    08.06.2017, 13:06

    Ona tili qoidalarini buzishga kimning haqi bor?

    08.06.2017, 12:49

    EVO O‘zbekiston bozorida “Yagona trafik” xizmatni ishga tushirmoqda!

    08.06.2017, 12:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Xoh Rossiya bilan, xoh Rossiyasiz” Eron AQSH qo‘llovidagi Zangizor koridoriga qarshi chiqishini ma’lum qildi

    Dunyo | 10 avgust, 12:15

    O‘zbekistonda hafta boshida harorat yana ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 11:45

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Manchester Siti” “Palermo”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Husanov bir taym o‘ynadi (video)

    Sport | 10 avgust, 11:44

    O‘zbekistonda umraga yuboruvchilar bo‘yicha “Sirli mijoz” yashirin nazorat tadbirlari o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 11:20

    Muhammad Saloh “falastinlik Pele” o‘limi tafsilotlarini aytmagani uchun UEFAni tanqid qildi

    Dunyo | 10 avgust, 10:44

    Bolgariyada cho‘kayotgan qizni qutqarmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik yigit halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 09:31

    O‘zbekistonda malakasini oshirmoqchi bo‘lganlarga “kasb vaucheri” beriladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 08:52

    Yerdan 4 yarim yorug‘lik yili uzoqligida yangi sayyora va yulduz aniqlandi

    Dunyo | 10 avgust, 00:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.