O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsion texnopark tashkil etish to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
“Yashnobod” texnoparki quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar, tajriba va ishlab chiqarish sinovlari o‘tkazish, innovatsion mahsulotlar namunalarini o‘zlashtirishga ixtisoslashadi:
- Kimyo texnologiyalari, biotexnologiya, farmatsevtika va tibbiyot biotexnologiyasi, o‘simliklarni himoya qilish vositalari;
- Manbashunoslik, metallarni qayta ishlash texnologiyalari, zilzilabardoshlilik, qurilish materiallari;
- Oziq-ovqat sanoati;
- Enegiya tejash, qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalari, elektron o‘lchov qurilmalari, robototexnika, mashinosozlik, elektrotexnika.
Tijorat banklari loyihalarni amalga oshirish uchun 7 yil muddatgacha (2 yillik imtiyozli davri bilan), Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan oshmagan miqdorda kredit beradi. Kafillik ta’minoti tariqasida xarid qilinayotgan jihoz, shuningdek, texnopark ma’muriyatining kafilligi qabul qilinishi mumkin.
“Yashnobod” texnoparki ma’muriyati va rezidentlari loyihalari amalga oshiriladigan muddatga soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.
Izoh (0)