2017-yilning birinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50,79 foizga ortdi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.
Rossiya Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar — mart oylari davomida mamlakatdan O‘zbekistonga 570 million dollar (o‘tgan yilga nisbatan 192 million dollarga ko‘p) pul yuborilgan.
2016-yilning birinchi choragida pul o‘tkazmalari hajmi 378 million dollar, 2015-yilda esa 466 million dollarni tashkil etganini hisobga olganda, bu so‘ngi yillardagi yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
O‘zbekistondan Rossiyaga yuborilgan pul o‘tkazmalari miqdori, aksincha, o‘tgan yilning birinchi choragidagi 82 million dollardan joriy yili 68 million dollargacha pasaydi.
Izoh (0)