130 dan ortiq britaniyalik imomlar Londonda teraktni amalga oshirgan terrorchilarga janoza namozini o‘qishdan bosh tortdi, deb xabar berdi “Interfaks”.
“Biz jinoyatchilarga janoza namozini o‘qimaymiz va birodarlarimizni hamda diniy rahbarlarni ham bundan bosh tortishga chaqiramiz. Ularning asossiz harakatlari islom ta’limotiga mutlaqo zid”, — deya islom arboblaridan birining bayonotidan parcha keltirdi The Guardian.
Ular “sovuqqon qotillarga nisbatan nafratda” ekanliklarini ma’lum qildi.
O‘z navbatida Britaniya musulmonlar kengashining bosh kotibi Xorun Xon islom dini vakillari mamlakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida hukumatga qo‘lidan kelgancha yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
4-iyunga o‘tar kechasi avtofurgondagi noma’lum shaxslar London ko‘prigidagi piyodalarga urildi, keyin ularga pichoq bilan hujum qildi. Keyinroq Boro bozorida ham pichoq bilan hujum qilinganligi qayd etildi. Politsiyachilar terrorchilarni yo‘q qildi. Terakt oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, 48 kishi jarohat oldi. London politsiyasi terakt ishi bo‘yicha 12 kishini hibsga oldi.IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.