Mayk Pens: Rossiya, Eron va terrorizm dunyo uchun asosiy xavf hisoblanadi
Rossiya, Eron va terrorizm dunyo uchun asosiy xavf hisoblanadi. Bu haqda AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens Shimoliy Atlantika kengashi (Atlantic Council) yig‘ilishidagi chiqishi davomida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Rossiyaning xalqaro chegaralarni qayta ko‘rib chiqish, Eronning Yaqin Sharqni beqarorlashtirishga qaratilgan harakatlaridan tortib, istalgan yerda va istalgan paytda zarba berishi mumkin bo‘lgan terrorizmning global xavfigacha: kommunizmga barham berilgandan keyingi chorak asr davomida dunyoda bugungidek xavfli bo‘lmagan bo‘lsa kerak”, — ta’kidladi Pens.
AQSh vitse-prezidenti Vashington NATO doirasidagi barcha ittifoqdoshlik majburiyatlarini to‘liq bajarishga tayyorligi va “alyansning bir a’zosiga hujum — barchaga hujum” tamoyiliga amal qilishini bildirdi.
