Yangi ishlanma Rossiya harbiylarini razvedka vositalari uchun ko‘rinmasga aylantiradi. Bu haqda “Traktor zavodlari” konserni matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Texnologiyaning o‘zi oshkor etilmayapti, ammo g‘oya mualliflari unda nanoindustriyaning oxirgi yutuqlaridan foydalanilganligini yashirmayapti. Yangi texnologiya istalgan matoga to‘lqin yutish xususiyatlarini beradi. Boshqacha qilib aytganda, oddiy uniformadagi jangchilarni razvedka radiolokatsiya qurilmalari uchun ko‘rinmasga aylantiradi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Ishlanma harakatlanuvchi harbiy texnika va shaxsiy tarkib uchun yengil to‘lqin yutuvchi va bartaraf etuvchi materiallarni yaratish imkonini beradi.
Shuningdek, yangi texnologiya tufayli harbiylar uchun membrana effektiga ega matolar tayyorlash mumkin. Bunday matolarni harbiy xizmatchilar libosida qo‘llash ularga turli harorat va bosimda ishlash uchun qulaylik yaratadi.