“Tolibon” harakati jangarilariga yarashuv uchun oxirgi imkoniyat beriladi. Bu haqda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani “Kobul jarayoni” xalqaro konferensiyasidagi chiqishi davomida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Biz sulh uchun imkoniyat taklif etamiz, biroq bu taklif vaqt bo‘yicha cheklangan. Bu oxirgi imkoniyat: undan foydalaning yoki yomon oqibatlarga tayyorgarlik ko‘ring”, — ta’kidladi Ashraf G‘ani.
O‘tgan yil kuzida Qatarda Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” vakillari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilgan, biroq tomonlar kun tartibining biror bandi bo‘yicha kelishuvga erishmagandi.