Dam olish kunlari ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan, Facebook tarmog‘idagi o‘zbek auditoriyasi orasida ham “Aeroflot 2 ta bilet sovg‘a qiladi” (“Aeroflot darit 2 bileta” yoki Emirates — bu xalqaro talqin) mazmunidagi “bepul biletlarni yutib olamiz” deb nomlanuvchi saytlarga olib boruvchi ko‘plab postlar paydo bo‘ldi deb xabar berdi “Terabayt.uz”.
“Aeroflot” kompaniyasi bu tanlovga aloqador emasligini rasman e’lon qildi va uning soxta ekani, kompaniya faoliyatiga oid barcha ma’lumotlarni www.aeroflot.ru saytidan olish mumkinligini aytib, barchani bu kabi shubhali resurslardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
Ushbu aksiyada qatnashish orqali foydalanuvchi o‘zining gadjetiga o‘ta xavfli virusni yuqtirib olishi mumkin.
Virus elektron qurilmaga yuqib olgach, u qurilma tizimida harakatlana boshlaydi. Ya’ni, agar bu qurilma onlayn banking tizimiga yoki boshqa xalqaro to‘lovlarga mo‘ljallangan tizimlarga ulangan bo‘lsa, bu yerda bank hisob raqamlari yoki elektron pochta va boshqa turdagi qimmatli ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Xakkerlar hech bo‘lmaganda foydalanuvchiga oid ma’lumotlarni, surat va videolarni, elektron pochta va ijtimoiy tarmoqlardagi akkaunt ma’lumotlarini xalqaro miqyosidagi “ma’lumotlarning qora bozori”da pullashi mumkin..
Himoyalanish
Agar siz bu tizimga kirgan bo‘lsangiz, zudlik bilan qurilmangizdagi tizimni antivirus yordamida tozalang va mobil yoki kompyuter operatsion tizimini yangilab oling.
Izoh (0)