Yunusobod tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlagan Nigora Safarovaga (ismi o‘zgartirilgan) nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
2017-yilning 3-iyun kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro Nigora Safarova Yunusobod tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 40 ming so‘m pul evaziga fuqarolar Z va Dlarga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)