O‘zbekiston Respublikasining nobiometrik shakldagi pasportiga ega bo‘lgan fuqarolardan hududiy IIBlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida tashkil etilgan “Ma’lumotlarni yig‘ish punkt”lariga tizimli ravishda tashrif buyurishlari tavsiya etiladi, deb xabar berdi Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-dekabridagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisini biometrik pasport bilan ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbdirlar to‘g‘risida”gi Qarori talablariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqarolarning nobiometrik shakldagi pasportini amal qilish muddati 2018-yilning 1-iyul kuniga qadar belgilangan.
Fuqarolarni ortiqcha sarson bo‘lishlarini hamda ularni qonunchilikda belgilangan ma’muriy javobgarlikka tortilishlarini oldini olish maqsadida, pasport olish yoshiga yetgan va O‘zbekiston Respublikasining nobiometrik shakldagi pasportiga ega bo‘lgan fuqarolardan hududiy IIBlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida tashkil etilgan “Ma’lumotlarni yig‘ish punkt”lariga tizimli ravishda tashrif buyurishlari tavsiya etiladi.
Izoh (0)