• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Kartoshka muammosi: sarson fermerlar foydasiga berilgan taklif

    “Biznes-daily.uz” kartoshka muammosi borasida o‘z fikr-mulohazasini bildirgan fuqaroning maqolasini e’lon qildi.

    Foto: “Moloko optom”

    Foto: “Moloko optom”

    “Viloyatdan fermer tanishim poytaxtga kelgan ekan, telefon qilib qoldi. Uchrashadigan bo‘ldik. Lekin 2-3 kun umuman vaqti bo‘lmadi. Nihoyat uchrashdik. Hol-ahvol so‘rashganimizdan keyin gap o‘z-o‘zidan uning Toshkentga kelish sabablariga borib ulandi.– Hisobimdagi bir necha million so‘mni urug‘lik kartoshkaga o‘tkazib yuborishibdi. Shuning uchun bu pulni qaytarib olish uchun kelgandim. Ish bitishi qiyin ekan, hali ham shu yerda o‘ralashib yuribman, — dedi fermer.

    Ma’lum bo‘lishicha, u o‘z yerida kartoshka ekmaydi. Chunki qizil tuproqli yerda kartoshkadan yuqori hosil olishiga ko‘zi yetmaydi. Shunga qaramay, kimningdir og‘zaki buyrug‘i bilan hisob raqamidan anchagina pul urug‘lik kartoshka olish uchun Toshkentdagi firma hisobiga o‘tkazib yuborilgan.

    Toshkentdagi sarguzashtlar

    Fermerning so‘zlariga ko‘ra, bu firmadan urug‘lik kartoshka olish yoki pulini qaytarish ilinjida kelayotganlarning keti uzilmaydi. Odam juda ko‘p, navbat ham shunga yarasha.– Hozir fermerning ishi boshidan oshib yotibdi, – deydi tanishim. – Bu yoqda paxta chopig‘i, bug‘doy o‘rimiga ham tayyorgarlik ko‘rish kerak. Pilla terish ham shu davrga to‘g‘ri kelib qolganini qarang. Agar pillani o‘z vaqtida terib olmasak, u qurib ketib, kamroq tosh bosadi. Bundan ham zarar ko‘ramiz.

    Keyin tanishim o‘zining poytaxtdagi “sarguzashtlari”ni so‘zlay ketdi. Firmaga borib, vaziyatni o‘rgansa, pulni qaytarib olishdan ko‘ra urug‘lik kartoshka olishi osonga tushadigan, ham foydaliroq. Foydasi shuki, urug‘lik kartoshkaga talabgor ko‘p. So‘rab-surishtirsa, ana shu talabgorlar pul o‘tkazgan, lekin kartoshka ekishni xohlamaydigan fermerlarni topib, ulardan urug‘likni naqd pulga xarid qiladi. Fermer faqat firma bilan o‘zaro hujjatbozlikni qilib berishi kifoya.

    Ammo bu ham oson hal bo‘ladigan jarayon emas ekan. Odam shunchalik ko‘pki, tanishimning aytishicha, o‘nlab odam qog‘oz ko‘tarib hali firmaning idorasiga yuguradi, hali omborxonaga qarab chopadi. Odam ko‘pligidan ur-yiqit bo‘lib ketadi. Idoraga kirish bir azob, omborxona eshigini tepa-tepa bir-ikki kishi kirib ketadi, qolganlar yana asabiylashib kutib qolaveradi.Omborxona oldidagi maydon o‘nlab yuk mashinalari bilan to‘la. Qo‘yliqdagi ulgurji meva-cheva bozorida ham buncha yuk mashinasi yo‘q bo‘lsa kerak. Ularning omborxona darvozasidan kirishi va yuk ortib chiqishi uchun ba’zan kunlar o‘tadi.

    “Tadbirkor”ligi tutib ketib, kartoshkasini boshqa talabgorga o‘tkazish harakatiga tushgan tanishim xuddi shu yuqoridagi holatlar sabab uch kundan buyon ishi bitmay kelayotgan ekan.Suhbatimiz endi qiziyotgan paytda tanishimning telefoni jiringlab qoldi. Uning urug‘lik kartoshkasini sotib olganlar bir amallab mashinasini omborxonaga kiritibdi, lekin u hujjatlarga imzo qo‘yib, muhr bosmasa, yukni ortishmas ekan. Shuncha kun navbat kutib, omborxonaga kirgan mashinani esa chiqarib yuborisharkan.Ancha vaqtdan buyon ko‘rishmaganimiz uchun biz tanishim bilan hali ovqatlanib, ancha vaqt gurunglashishni rejalashtirgandik. Qisqa uchrashuvimiz ikkovimizni ham qoniqtirmagani sababli u meni ham o‘zi bilan borishga taklif qildi. Vaqtim bemalolroq ekani uchun u bilan birga urug‘lik kartoshka sotadigan firmaga borishga ko‘ndim.

    Suhbatdoshlar hasrati

    Taksida aytilgan joyga yetib bordik. Tanishim esa o‘zidan urug‘lik kartoshkani sotib oladiganlar bilan birga omborxonaga kirib ketdi. Ko‘chada ikki soatdan ortiqroq kutishimga to‘g‘ri keldi. Paytdan foydalanib vaziyatni o‘rgandim.

    Tashqarida o‘nlab yuk mashinalari turardi. Garchi firma idorasi oldidagi maydon ancha katta, daraxtlar soyasida o‘rindiqlar o‘rnatilgan bo‘lsa-da, odam va mashina ko‘pligidan bular yetarli emasligi ko‘rinadi. Mijozlar mashinalar soyasida, daraxtlar ostida navbat kutyapti.Ba’zi mijozlar bilan gaplashdim. “Kelganimga ikki kun bo‘ldi. Pulni o‘tkazib qo‘yganmiz, boramiz-u, yukni ortib qaytamiz, deb o‘ylagandim. Ish bitishi qiyin ekan bu yerda. Ikki kundan buyon shu yerda mashinada yotibman. Hovlidagi daraxtlarning tagiga joy solib yotganlar ham ko‘p”, – deydi bir suhbatdoshim.

    U menga bir “Kaptiva”ni ko‘rsatdi. Bu mashinaning egasi shu yerda in qurgan “vositachi”lardan biri ekan. “Vositachi”lar kartoshkaga pul o‘tkazgan, lekin unga ehtiyoji bo‘lmagan fermerlarga naqd pul berib, urug‘likni sotib olar, shu yerning o‘zida yoki boshqa joyda urug‘lik kartoshkaga talabgorlarga ustamasi bilan sotib foyda ko‘rarkan.– Masalan, fermer kartoshkaning kilosiga to‘rt ming so‘mdan pul o‘tkazgan bo‘lsa, bular 3 ming so‘mdan naqd beradi. O‘zlari keyin boshqa mijozlarga 3,5-4 ming so‘mdan sotadi. Oddiy fermer bunday “o‘yin”ni bilmaydi. Vositachilarning ishi tez bitadi, fermer esa kunlab sarson bo‘lib yotaveradi shu yerda, – deydi suhbatdoshlarimdan biri.

    Omborxonaga kirgan mashinalarga urug‘lik kartoshkani ortib berish uchun har tonnasiga 10 ming so‘mdan olinishini ham ulardan eshitdim. Lekin “vositachi”larning oldi-berdisini ham, yuk ortib berish uchun pul olinayotganiga ham shaxsan guvoh bo‘lmaganim uchun bu borada fikr bildirishdan tiyildim.Xullas, ancha vaqtdan keyin tanishim omborxonadan asabiylashib chiqib keldi. Unga tegishli kartoshka mashinaga ortib bo‘linibdi. Lekin undan kartoshkani sotib olganlar boshqalardan ham 5—6 tonna urug‘lik olgan, endi ularning ham ortib bo‘linishini kutish kerak ekan.“Hamma yukni ortib bo‘lgandan keyin yuk xatiga muhr bosib bermasam mashina chiqarilmaydi. Shuning uchun yana ozroq kutib turmasak bo‘lmaydi. Shu bilan 4 kunlik azobdan qutulaman”, — dedi tanishim.“Ozroq kutish”imiz yana 2 soatdan ko‘proqqa cho‘zildi. O‘sha yerda qariyb 5 soat davomida turgan bo‘lsam, ombordan yuk ortilgan 4—5 ta mashina chiqdi, xolos. Tashqarida esa hali yana o‘nlab mashinalar navbat kutib turgandi...

    Mulohaza o‘rnida 

    Joriy yilda O‘zbekiston bozorlarida kartoshka qimmat bo‘ldi. Bir kilo kartoshkaning narxi 6 ming so‘mdan oshib ketgan paytlarni ham ko‘rdik. Ertagi kartoshka chiqqanidan keyin narx keskin tushishiga bo‘lgan umidlar o‘zini unchalik oqlamadi. Hozir ham kartoshka qishdagiga qaraganda ancha arzonlagan bo‘lsa-da, o‘tgan yillardagiga solishtirganda nisbatan qimmat.Kartoshka narxining osmonga chiqib ketishi, tabiiyki, aholining noroziligiga sabab bo‘ldi. Hukumat buning oldini olish maqsadida “Elga xizmat” korxonalari orqali arzon kartoshka sotishni yo‘lga qo‘ydi. Tan olish kerakki, bu sa’y-harakatlar aholi ehtiyojini qondirish, kartoshka narxini tushirish uchun yetarli emasligi sezildi.Qishdagi kartoshka taqchilligini davlat idoralari ham rasman tan oldi. Xususan, Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi raisi o‘rinbosari Nodirbek Rahbarov bu taqchillikni o‘tgan yili ob-havo issiq kelgani tufayli kartoshkaga kasallik tekkani va yaxshi hosil olinmagani bilan izohladi.Uning so‘zlariga ko‘ra, kartoshkaning barqaror narxini ta’minlash maqsadida joriy yilning 31-martiga qadar yurtimizga xorijdan 4 932 700 AQSh dollariga 14 ming 851 tonna kartoshka keltirilgan.

    Sir emas, bozor iqtisodiyoti sharoitida monopolist maqomidagi har qanday kompaniya o‘zining mavqeidan foydalanib, narxlarni istaganidek belgilash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan esa iste’molchilar zarar ko‘radi. Shuning uchun barcha sohalarda, xususan, oziq-ovqat mahsulotlari sektorida ham raqobatni kuchaytirish zarur.

    Mavzuni o‘rganish davomida biz yuqorida tilga olgan firma urug‘lik kartoshka yetkazib berish sohasida deyarli monopolist maqomida ekaniga amin bo‘ldik. Firma vakili ham respublika bo‘yicha faqat shu firma fermerlarga xorijdan keltirilgan urug‘lik kartoshka yetkazib berishini tasdiqladi.Mazkur firmaning urug‘lik kartoshka bilan ta’minlashdagi xizmatlarini e’tirof etgan holda dehqonlarning og‘irini yengil qilish, turli sarsongarchiliklar, korrupsion sxemalarga yo‘l ochadigan sun’iy ajiotajlarni keltirib chiqarishga barham berish zarurligini ta’kidlamoqchimiz. Buning uchun, fikrimizcha, bir necha muhim qadamlarni qo‘yish kerak.

    Birinchidan, xorijdan urug‘lik kartoshka olib kelishda birorta firma yoki kompaniyaning monopolist bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Buning uchun shu ish bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan barcha talabgor kompaniyalarga bir xil imkoniyat va sharoit yaratib berilishi talab etiladi.

    Ikkinchidan, fermerlarning roziligisiz ularning hisob raqamlaridagi mablag‘ni monopol firmalarga o‘tkazib berish amaliyotidan voz kechish zarur. Fermer kartoshka ekish yoki ekmaslikni, urug‘likni qaysi kompaniyadan olish-olmaslikni o‘zi hal qilsin. Zero, urug‘lik kartoshka sotish bozorida o‘zaro raqobatchi kompaniyalar paydo bo‘lgandan keyin dehqonlarda tanlov imkoniyati kengayadi.

    Uchinchidan, biz mavzuni o‘rganish jarayonida urug‘lik kartoshka ilinjida poytaxtdagi firmaga kelganlar orasida vodiy viloyatlari, Jizzax, Samarqand viloyatlari dehqonlari ko‘pligiga guvoh bo‘ldik. Demak, mamlakatimizning ayni shu hududlarida kechki kartoshka urug‘iga talab katta va aynan ular bozorlarimizni kartoshka bilan ta’minlashda asosiy o‘rin tutadi. Shunga asoslanib, vodiyda va Samarqandda (yoki Qarshida) urug‘lik kartoshka yetkazib beradigan yirik logistika markazlari qurilishi dehqonlarga salmoqli ko‘mak bo‘ladi, deyish mumkin. Qolaversa, bu fermerlarning katta mablag‘i tejalishiga ham olib keladi. Chunki ular poytaxtdan yuk olib ketish uchun juda katta pul sarflashi ma’lum. Bu esa mahsulot tannarxi oshishiga olib keladi.

    Yuqorida bildirilgan takliflar hayotga tatbiq qilinsa, ishonch bilan aytish mumkinki, bozorda kartoshka narxining oshib ketishi kabi muammolar kun tartibiga chiqmasligi kafolatlangan bo‘ladi”.

    05.06.2017, 14:37   Izoh (0)   29876
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yunusobod tumanida fohishaxona saqlagan ayol qo‘lga olindi

    05.06.2017, 13:58

    Qoraqalpog‘istonda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri tayinlandi

    05.06.2017, 13:54

    “Buxoro” xalqaro aeroporti direktori Tohir Baxronov “Aeroport” assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi

    05.06.2017, 13:51

    “E’tiqodidan qaytmas aqidaparastlar O‘zbekiston fuqaroligidan chiqariladi”. Shavkat Mirziyoyev — islom dini, “Akromiylar” va adashganlarning qarindoshlarini yakkal...

    05.06.2017, 12:47

    Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yilda 7,6 foizga o‘sadi

    05.06.2017, 11:46

    Toshkentdagi Inha universiteti professori Albert Nelson Markius mukofotini oldi

    05.06.2017, 11:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.