Qirg‘izistonda prezident saylovi yana 4,5 oydan so‘ng — 15 oktyabrda o‘tkaziladi. Bu haqda mamlakatning amaldagi rahbari Almazbek Atambayev ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Atambayev mamlakatdagi “barqarorlik va osoyishtalik”ni prezidentlik faoliyati davomida erishgan eng asosiy yutug‘i sifatida hisoblamoqda. Uning ta’kidlashicha, “oxirgi bir necha yil mobaynida kelajakda muvaffaqiyat keltiradigan loyihalarga tamal toshi qo‘yildi”.
17-may kuni Qirg‘iziston parlamenti deputatlari ikkinchi o‘qishda “Prezident saylovi to‘g‘risida”gi qonunga tuzatishlarni qabul qildi. Mazkur o‘zgarishlarga ko‘ra, saylovlar avvalgidek 19-noyabrda emas, 15-oktyabrda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)