Moskvadagi sirk san’ati markazida balandlikdan qulagan gimnastikachi qiz jonlantirish bo‘limida, biroq barqaror holatda. Bu haqda “Rosgossirk” kompaniyasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Qizda bosh-miya shikastlanishi qayd etildi. Hozirda u jonlantirish bo‘limida, ammo ertaga umumiy bo‘limga o‘tkaziladi. Holatini barqaror sifatida baholash mumkin”, — dedi matbuot xizmati vakillari.
Gimnastikachi qiz Moskva sirk san’ati markazidagi mashg‘ulot payti balandlikdan tushib ketdi. Shundan so‘ng Inozemsev nomli 36-kasalxonaga yotqizildi.
Izoh (0)