Uber kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Trevis Kalanikning onasi Kaliforniya shtatida kema halokatida qurbon bo‘ldi. Uning otasi jarohat oldi, deb xabar beradi “TASS”.
Voqea Fresno okrugidagi Payn-Flet-Leyk suv omborida ro‘y berdi. 70 yoshli erkak va ayol o‘tirgan kema toshga urilib, cho‘kib ketdi. Ayol voqea joyida halok bo‘ldi, erkak esa jarohatlanib, shifoxonaga yetkazildi.
Uber gap bosh direktorning ota-onasi Bonni va Donald Kalaniklar haqida ketayotganini tasdiqladi. Xodimlar o‘rtasida tarqatilgan bayonotda personal bilan ishlash bo‘limi rahbari Liana Xornsi voqeani mislsiz fojia deb atadi.
“Uber’da hamma Trevis ota-onasi bilan qanchalik yaqin bo‘lganini biladi”, — dedi u va o‘z ta’ziyasini izhor qildi.
Izoh (0)