Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning fikricha, AQSh va Saudiya Arabistonining harakatlari mintaqadagi vaziyatni murakkablashtiradi. Eron prezidenti bu haqda Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan 27-may kuni bo‘lib o‘tgan suhbat vaqtida ta’kidlab o‘tdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Alohida davlatlarning, xususan, AQShning yangi ma’muriyati va Saudiya Arabistonining ayrim harakatlari mintaqadagi vaziyatni murakkablashuv tomon olib boradi. Barcha davlatlar o‘z kuchlarini terrorchilikka qarshi haqiqiy kurash uchun safarbar qilishi lozim”, — deya qayd etdi Ruhoniy.
Eron prezidenti Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish tartibini saqlab qolish bo‘yicha Eron—Turkiya—Rossiya munosabatlariga yuqori baho berdi va “mintaqada tinchlik va barqarorlikni tiklash yo‘lida mazkur hamkorlikni davom ettirish va rivojlantirish”ga tayyor ekanini bildirdi.
Izoh (0)