AQSh Mudofaa vazirligi Suriya shimolidagi Xaseke viloyatida 26-may kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida amerikalik harbiy xizmatchi halok bo‘lganini tasdiqladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“AQShning Jorjiya shtati, Loganvil shahridan bo‘lgan 22 yoshli mutaxassis Eten Myorfi 26-may kuni Suriyaning Xaseke viloyatida, avtotransport vositasining ag‘darilishi oqibatida olingan jarohatlardan vafot etdi. Hodisa yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda”, — deyiladi Pentagon axborotida.
Halok bo‘lgan harbiy xizmatchi IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi operatsiyalarda qatnashayotgan edi. Avvalroq uning o‘limi haqida operatsiya shtabi ma’lum qilgan, biroq hodisa joyi haqida aniq axborot bermagan edi.
Hozirgi vaqtda Suriyada AQSh maxsus bo‘linmalarining 500 nafar jangchisi, 250 nafar reynjer va yana 200 nafar dengiz piyodalari harakat qilmoqda. Pentagon Suriyaga yana 1 ming nafar harbiy xizmatchini yuborishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)