Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasida yil oxiriga qadar uchuvchisiz uchish qurilmalari batalyoni shakllantiriladi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni Vladimir Zarudnitskiy ma’lum qildi, deb xabar beradi “Dialog”.
Zarudnitskiy qurilmalar soniga aniqlik kiritmadi, biroq ular “Orlan” va “Eleron” komplekslarining zamonaviy modifikatsiyasi ekanligini aytib o‘tdi.
Shuningdek, harbiy baza “Uragan” yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari divizioniga ham ega bo‘ldi. Mazkur tizim tog‘ hududi sharoitida 35 kilometgacha masofada marralarni samarali nishonga olish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiyaning “Iskander-M” operativ-taktik raketa komplekslari MDHning “Dushanbe—Aksilterror–2017” mashqlari doirasida ilk bor Tojikistonga yetkazilgani bildirilgandi.
Izoh (0)