Venesuelada aprel oyi boshidan beri davom etayotgan hukumatga qarshi namoyishlar davomida kamida 60 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda El Nacional ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Tartibsizliklar davomida yana 950 kishi jabrlandi.
Venesuelaning Provea nodavlat tashkilotiga ko‘ra, halok bo‘lganlarning aksari otib o‘ldirilgan. 32 nafar qurbon 18—30 yosh oralig‘ida bo‘lgan. Shuningdek, qurbonlar orasida voyaga yetmaganlar ham bor.
Venesuela bosh prokurori Luisa Ortega Dias namoyishlar davomida 55 kishi o‘ldirilgani, ularning 52 nafari fuqaro, 3 nafari huquq-tartibot xodimi ekanligini bildirgandi.
Izoh (0)