17-mart kuni xalqaro koalitsiya kuchlari tomonidan g‘arbiy Mosulga berilgan aviazarbalar oqibatida 101 nafar tinch fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda Pentagon bayonot tarqatdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
AQSh harbiylari o‘tkazgan tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, aviazarba portlashni keltirib chiqargan, bu esa binoning qulashiga olib kelgan.
AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning IShIDga qarshi Mosuldagi operatsiyasi 2016-yil oktabridan buyon olib borilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)