Filippin hukumat qo‘shinlari vertolyotlar yordamida Mindanao orolidagi Maravi shahri ko‘chalarida tozalash olib bormoqda. Ushbu shaharni IShID bilan bog‘liq terrorchi guruhlar — “Maute” va “Abu Sayyaf” jangarilari tomonidan qo‘lga olingan edi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Shaharga 100 nafar askar yo‘llangan bo‘lib, ular orasida AQSh maxsus mo‘ljal qo‘shinlari xizmatchilari ham bor. Ular “Maute” guruhi jangarilarini yo‘q qilish bilan shug‘ullanmoqda. Harbiylar tanklar va vertolyotlardan foydalanmoqda, ammo terrorchilar tinch aholidan tirik qalqon sifatida foydalanayotgani vaziyatni og‘irlashtirmoqda.
Mindanao provinsiyasidagi terrorchilar yetakchilaridan biri Isnilon Xapilonni qo‘lga olishga harakat qilgani tufayli bu yerda vaziyat murakkablashib ketdi. Filippin prezidenti Rodrigo Duterte provinsiyada favqulodda holat e’lon qildi.
Izoh (0)